» » Toshkentdagi Inha universitetida o‘tkazilgan “Dasturlash soati” aksiyasida 200 nafar bola qatnashdi

Toshkentdagi Inha universitetida o‘tkazilgan “Dasturlash soati” aksiyasida 200 nafar bola qatnashdi


10-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tgan “Dasturlash soati” global aksiyasida 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lan 200 nafar bolalar qatnashdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

4-dekabrdan 10-dekabrgacha dunyoning 180 dan ortiq mamlakatlarida “Dasturlash soati” aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil mazkur aksiya O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etildi. Loyiha Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan o‘tkazilib, uni Microsoft korporatsiyasi, BMTTD va CodeCraft loyihasi qo‘llab-quvvatladi.

Universiteti talabalari mashhur Minecraft o‘yiniga asoslangan Hero?s Journey (“Qahramon yo‘li”) ni dasturlashni o‘rganish uchun uchta dars sessiyasini o‘tkazdi.

Microsoft korporatsiyasi muhandislari bolajonlarga informatika asoslarini oson va tushunarli tilda o‘rganishi uchun mazkur dasturni tayyorladi. Undan dars vaqtida, sinf soati va uy vazifalarini bajarishda foydalanish mumkin.

Aksiyaning barcha ishtirokchilari bir soat davomida Hero?s Journey’ning bir qancha darajalarini bosib o‘tdi hamda tanlov yakunlariga ko‘ra sertifikat, shuningdek, Minecraft o‘yini qahramonlari aks etgan maxsus stikerlarni qo‘lga kiritdi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют