» » O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2020-yildan boshlanadi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2020-yildan boshlanadi


O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat aholisini 2020-yilda ro‘yxatga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda qo‘mita raisi Bahodir Begalov Xalqaro press klubning navbatda yig‘ilishida ma’lum qildi. O‘zbekiston aholisi so‘nggi bor 1989-yilda ro‘yxatga olingan edi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

“2020-yilda butun dunyoda aholini ro‘yxatga olish rejalashtirilgan. Biz ham ushbu yo‘nalishda ish olib bormoqdamiz. Bu ancha og‘ir va yetarlicha qimmatga tushadigan jarayon. Xorij tajribalariga tayanadigan bo‘lsak, mamlakatning bir nafar fuqarosini ro‘yxatga olish jarayoniga 3—4 AQSh dollari sarflanadi. Aholini ro‘yxatga olishdan oldin, bu qanchalik samarali ekanini va u qanday natijaga olib kelishini oldindan yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak”, — dedi Bahodir Begalov.

Joriy yilning sentabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 32,5 million kishidan iborat.

Xalqaro press klubning 29-noyabrdagi yig‘ilishida Davlat statistika qo‘mitasi raisining ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari Mahmudjon Ziyodullayev endilikda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish har 10 yilda amalga oshirilishini ta’kidlagan edi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют