» » Namanganda “Madaniyat kunlari” boshlandi

Namanganda “Madaniyat kunlari” boshlandi


Namangan viloyatidagi “Madaniyat kunlari”ni Yangiqo‘rg‘on tumani boshlab berdi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Tuman bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan “Biz buyuk farzandlarimiz” shiori ostidagi tadbirlar uchga bo‘lindi. Dastlab tuman madaniyat bo‘limi tasviriy san’at ko‘rgazmasi to‘garagi a’zolarining “Sehrli qalam jilosi” nomli ko‘rgazmasi namoyish etildi. So‘ng aktyorlik va drama to‘garagi tomonidan sahnalashtirilgan “Ona vatan sog‘inchi” nomli spektakl tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Yakunda “Shodiyona jamoasi” tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. 

“Tadbirlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad davlat rahbarining ‘Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori ijrosini ta’minlash, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishiga ko‘maklashish, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirishdan iborat. Madaniyat kunlari dekabr oyi davomida tumanning barcha hududlarida o‘tkazilishi belgilangan”, — deydi tuman madaniyat bo‘limi mudiri Nazirjon Ismatullayev

Опубликовано: admin (14-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют