» » Paralimpiya. O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi Osiyo O‘yinlarida Yaponiya, Eron va Xitoydan keyin to‘rtinchi bo‘ldi

Paralimpiya. O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi Osiyo O‘yinlarida Yaponiya, Eron va Xitoydan keyin to‘rtinchi bo‘ldi


BAA mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi Para-Osiyo O‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 30 mamlakat sportchilari orasida 4-o‘rinni egalladi.

Osiy O‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar jami 28 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shularning 20 tasida oltin, 6 tasi kumush va 2 tasi bronza edi. Oltinlar soni peshqadam Yaponiya delegatsiyasida 43 tani, Eronda 39 tani va Xitoyda 27 tani tashkil qildi.

Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari o‘ntalikka kira olmadi. Qozog‘iston delegatsiyasining natijasi 6 ta oltin bilan 13-o‘rin bo‘ldi. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari esa medallarni qo‘lga kirita olmadi.

Dubay mezbonligida o‘tgan musobaqaga Osiyodan 800 nafar sportchi yetib keldi. O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, delegatsiya Amirliklarga bor-yo‘g‘i 17 nafar sportchi bilan jo‘nab ketgan va yakunda 28 ta medalga ega chiqqan. Tailand, Hindiston, Janubiy Koreya kabi delegatsiyalarda medallar soni O‘zbekistonnikidan ko‘proq bo‘lsa-da, oltin jamg‘arishda ular ortda qolgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi uchun eng ko‘p medalni yengil atletikachi Damir Pashayev olib berdi: 2 ta oltin va 2 ta kumush. Yorqin Odilov hamda Asila Mirzayorova kabi yengil atletikachilarning natijasi yanada yaxshiroq — 3 tadan oltin.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют