» » Ashxobot—2017. O‘zbekiston delegatsiyasi 24 ta oltin bilan ham kuchli to‘rtlikka kira olmadi

Ashxobot—2017. O‘zbekiston delegatsiyasi 24 ta oltin bilan ham kuchli to‘rtlikka kira olmadi


Turkmaniston poytaxti Ashxobod mezbonlik qilgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik sportchilar medallar soni bo‘yicha mezbon Turkmanistondan keyin ikkinchi bo‘ldi — 131 ta. Shularning 24 tasi oltin bo‘lsa, 33 tasi kumush va 74 tasi bronza bo‘ldi. Ammo 24 ta oltin ham O‘zbekiston delegatsiyasiga kuchli to‘rtlikka kirish imkonini bermadi.

Qozog‘iston termasi 28 ta oltin jamg‘arib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi bo‘ldi. O‘zi ishtirok etgan Olimpiadalar davomida birorta ham medal ola bilmagan Turkmaniston o‘z uyida o‘tgan Osiyo O‘yinlarida yaqiniga hech kimni yo‘latmadi va yaqqol farq bilan o‘zib ketdi. Xitoy va Eron delegatsiyalari kuchli uchlikni yakunladi.

O‘zbekiston termasi Bokuda o‘tgan Islom Birdamligi O‘yinlarida 15 ta oltin, 17 ta kumush va 31 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Ozarbayjon, Turkiya va Erondan keyin to‘rtinchi bo‘lgan, Turkmaniston va Qozog‘iston delegatsiyalari 2 tadan oltin bilan o‘nlikka kira olmagandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют