» » Ashxobod—2017. Oltinlari 21 taga yetgan O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha ikkinchi bo‘lib oldi

Ashxobod—2017. Oltinlari 21 taga yetgan O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha ikkinchi bo‘lib oldi


Turkmaniston poytaxti mezbonlik qilayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining oltinlari soni 21 taga yetdi. Bu bilan delegatsiya umumjamoa hisobida mezbonlar, Xitoy va Erondan keyin to‘rtinchi bo‘lib turibdi.

Turkmaniston terma jamoasidan peshqadamlikni tortib olish ilojsiz ishga aylanib ulgurdi. Mezbonlarda oltinlar soni allaqachon 79 taga yetdi. O‘zbekiston 2-o‘rinda borayotgan Xitoy termasidan 2 ta oltinga ortda qolmoqda.

Medallarning umumiy soni borasida esa O‘zbekiston mezbonlardan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi. Turkmanistonda umumiy hisobda 206 ta medal bor, O‘zbekistonda esa 106 ta. Shularning 28 tasi kumush va 57 tasi bronza.

O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon poytaxtida o‘tgan Islom Birdamligi O‘yinlarini umumjamoa hisobida 4-o‘rinda yakunlagandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют