» » Baxtli yashashimizga to‘sqinlik qiluvchi ba’zi do‘stlar

Baxtli yashashimizga to‘sqinlik qiluvchi ba’zi do‘stlar


Yoshi ulg‘ayishi bilan odamning yangi “haqiqiy” do‘stlarni topishi qiyin bo‘ladi, chunki yillar mobaynida orttirgan tajribalari tufayli katta odamlar juda ajratuvchan bo‘lib qoladi.

Lekin tanishlar va do‘stlar hamma uchun zarur, hatto vaqt va tajriba ularni hushyorlikka o‘rgatganlarga ham. Shuning uchun bu maqolani o‘qib aslida do‘stlikning nimasi bizni qo‘rqitishi, nimasi esa jalb qilishi va qaysi turdagi do‘stlar bizning baxtli yashashimizga to‘sqinlik qiluvchi “antido‘stlar” deb atalishini bilib olasiz.

Hammaning ham hayotida qiyinchiliklar bo‘ladi, lekin injiq odamning butun hayoti – faqat muammolardan iborat. Siz u bilan qachon uchrashmang, uning hamma ishlari yomon bo‘ladi va bunga hamma aybdor: u hammadan ko‘proq ishlaydi, lekin unchalik ko‘p haq olmaydi va hokazo.

Va siz qarshingizda o‘zi ham baxtli bo‘lishga qodir bo‘lmagan va sizni ham o‘zining omadsizlik girdobiga tortadigan odam turganini tushuna boshlaysiz. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring, sizdagi ijobiy energiyani olib, uning o‘rniga faqat salbiy energiya beradigan odam sizga kerakmi?

Qadr-qimmatimizni tushirishsa, bu bizga yoqmaydi. Agar siz bunday odamlarga duch kelsangiz, ular bilan muomalada bo‘lishdan voz keching. Qadr-qimmatni tushiruvchilar sizning o‘sishingizni qabul qila olmaydi, ular faqat sizga o‘z shaxsiy fikrini o‘tkazishga qodir.

Hamisha bizga unchalik chiroyli, yetarlicha aqlli yoki omadli emasligimizni aytadigan do‘stlar, – bu anti-do‘stlar. Do‘stlar ta’na emas, balki dalda berishi kerak.

Bu toifaga biz uchun sevina olmaydigan odamlarni kiritamiz. Hasadchilar bizning muvaffaqiyatlarimizni qabul qilishga tayyor emas: bu ularga yoqmaydi.

Aslida, hammamiz ham odamlarmiz va hammamiz ham hech bo‘lmasa bir marta bu tuyg‘uni his qilganmiz, ayniqsa hali hayotda o‘z yo‘limizni topmagan paytimizda.

Vaziyatdan chiqishning yo‘li – o‘z ustida ishlash va o‘zini boshqa odamlar bilan solishtirishni bas qilish. Biz do‘stimizning muvaffaqiyatidan chin yurakdan quvonsak, bu uning uchun muhim yordam hisoblanadi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют