» » Toshkentlik pensionerning uyidan Kalashnikov avtomati patronlari topildi

Toshkentlik pensionerning uyidan Kalashnikov avtomati patronlari topildi


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida uyida noqonuniy qurol saqlab kelgan yana bir shaxs aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

“Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ‘Tozalash-Antiterror’ tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida istiqomat qiluvchi shaxs o‘z uyida qurol jangovar o‘qlarini saqlab kelayotganligi haqida ma’lumot kelib tushgan”, — deyiladi xabarnomada.

13 dekabr kuni xodimlar tomonidan 1950-yilda tug‘ilgan Shipkov Vladimir Stepanovichning yashash xonadoni tekshirildi. Tekshiruv davomida V.S. Shipkov xonadon omborxonasida xarbiy qutichaga solingan AK-74 avtomatining 5,45 kalibrli 232 ta jangovar o‘qlarini saqlab kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan yuqorida ko‘rsatib qurol o‘qlari belgilangan tartibda olinib, V.S. Shipkovga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, muqaddam Toshkentda uyida noqonuniy ov quroli saqlab kelgan fuqaro javobgarlikka tortilgan edi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют