» » Tramp: Viza lotereyasi AQShga “o‘ta yomonlar”ni olib kelmoqda

Tramp: Viza lotereyasi AQShga “o‘ta yomonlar”ni olib kelmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp viza lotereyasi Amerikaga boshqa mamlakatlardan “o‘ta yomonlar”ni olish kelishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Prezidentning ta’kidlashicha, terrorchilar joriy yil ichida Nyu-Yorkda ikkita hujumni amalga oshirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi terrorchi mamlakatga zanjir migratsiyasi orqali, ikkinchisi esa — viza lotereyasida omadi chopgani sabab kirib kelgan.

U lotereyani bekor qilish kerak ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Avvalroq, Donald Tramp Kongressni bunga “darhol aralashishga” va Vashington ma’muriyatiga ushbu masalada yordam berishga chaqirgan edi.

AQSh prezidenti 31-oktabrda ham Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik fuqaro Sayfullo Soipov tomonidan amalga oshirilgan teraktdan so‘ng bu kabi chorlovlar bilan chiqish qilgan edi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют