» » Shavkat Mirziyoyev Germaniyada 11 yil ishlab Qoraqalpog‘istonga qaytgan doktorga Captiva sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyada 11 yil ishlab Qoraqalpog‘istonga qaytgan doktorga Captiva sovg‘a qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo‘lgani haqida avvalroq ma’lumot berilgandi. Shavkat Mirziyoyev markazda Panaev Farms fermer xo‘jaligi rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashdi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.

Suhbat davomida Qutlimurat Panayev Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovni Qoraqalpog‘istonga qaytarib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani va u bugungi kunda fermada menejer lavozimida ishlayotganini aytdi.

Alisher Qurbanov yaqinda yosh fermerlar uchun o‘quv-seminarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Alisher Qurbanovga O‘zbekistonga qaytib ishlayotgani uchun Captiva avtomobilini sovg‘a qildi.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют