» » Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 888 kishi yaralandi

Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 888 kishi yaralandi


Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 888 kishi yaralandi. Bu haqda Falastin Qizil yarim oy jamiyati matbuot kotibi Erab al-Fuqaho ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“G‘azo sektorida ikki, Ramalla va Quddusda bir kishidan, jami 4 nafar falastinlik Isroil askarlari tomonidan o‘ldirildi. Iordan dayosining g‘arbiy qirg‘og‘i va Quddusda 661 kishi yaralandi, yana 227 kishi G‘azo sektorida jarohat oldi. Ulardan 10 nafari og‘ir jarohat olgan”, — dedi al-Fuqaho.

AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi qaroridan so‘ng avj olgan namoyishchilar va Isroil xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bir haftadan oshiq vaqtdan beri davom etmoqda.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют