» » Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda 2 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda 2 falastinlik halok bo‘ldi


Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvlarda sutka davomida 2 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

54 yoshli Mohir Atoulla va 30 yashar Mahmud al-Masri G‘azo sektoridagi namoyishlar chog‘ida o‘qotar quroldan o‘ldirildi. O‘q yegan yana uch nafar falastinlik og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.

Asosan Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi shaharlarda ro‘y bergan to‘qnashuvlarda 1,1 ming kishi jabrlandi, jumladan, gazdan zaharlandi.

To‘qnashuvlarga AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish qarori sabab bo‘ldi. Turli davlatlarning noroziligiga qaramay, Oq Uy Tramp Quddusni rasman Isroil poytaxti deb tan olinishini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng falastinliklar norozilik namoyishlariga ko‘tarildi.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют