» » OAV: Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishi atrofidagilar ta’siriga bog‘liq

OAV: Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishi atrofidagilar ta’siriga bog‘liq


AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish qarori atrofidagilar ta’siri va saylovoldi va’dasini bajarish istagi bilan bog‘liq. Bu haqda ABC telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Telekanal jurnalistlari so‘rov o‘tkazgan AQSh yetakchisi maslahatchilariga ko‘ra, “qaror Trampning yaqin atrofidagi qudratli ittifoqdoshlari, jumladan, vitse-prezident Maykl Pens va respublikachilar mega-donori Sheldon Adelsonning ta’sirini aks ettiradi”.

Milliarder Sheldon Adelson Tramp bilan barcha suhbatlarida Vashington tomonidan Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olinishi masalasini ko‘tarib kelgan.

Trampning qarorini maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner, Vashington ma’muriyatining xalqaro muzokaralardagi vakili Jeyson Grinblatt qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, hozirda AQShning Isroildagi elchisi bo‘lgan Devid Fridman ham bunga da’vat etgan.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют