» » Quddusning musulmonlar namoyish o‘tkazgan Damashq darvozasi atrofidagi vaziyat barqarorlashdi

Quddusning musulmonlar namoyish o‘tkazgan Damashq darvozasi atrofidagi vaziyat barqarorlashdi


Quddusning musulmonlar norozilik namoyishlari o‘tkazgan Damashq darvozasi atrofidagi vaziyat barqarorlashdi. Darvozalar faqat chiqish uchun ishlamoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Namoyishlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan hudud bo‘shab qoldi, faqat jurnalistlar bilan gavjum bo‘lib turibdi. Politsiya darvozalarga olib boruvchi yo‘lni qo‘riqlamoqda va ichkariga hech kimni qo‘ymayapti.

Hech qanday norozilik faoliyati kuzatilmayapti. Otliq politsiya vaqti-vaqti bilan to‘siqlarga yaqinlashayotgan yoshlarni quvish bilan band bo‘lmoqda.

Quddus, G‘azo sektori hamda Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvlardan yuzdan ortiq falastinlik jabrlandi. To‘qnashuvlarga AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish qarori sabab bo‘ldi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют