» » Buxoroda yuz bergan yong‘in oqibatida er-xotin vafot etdi

Buxoroda yuz bergan yong‘in oqibatida er-xotin vafot etdi


Buxoro shahridagi xonadonlardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, fuqaro M.S.ning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 75 kvadrat metr maydonida tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

“Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi M.S. va uning turmush o‘rtog‘i S.S.larning tutundan dimiqqan holdagi jasadlari topilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Hodisa 7—13-dekabr kunlari oralig‘ida yuz bergan, biroq IIV axborotida hodisaning aniq sanasi ko‘rsatilmagan.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют