» » Bitkoin haqidagi eng ommabop miflar

Bitkoin haqidagi eng ommabop miflar


Buyuk Britaniya bosh vaziri Benjamin Dizraeli ta’kidlaganidek, yolg‘on uch xil bo‘ladi — shunchaki yolg‘on, beor yolg‘on va statistika. Bitkoin ko‘pincha ularning har uchalasi qurboniga aylanadi. Ekspert va “Bitcoin.com” resursi maqolalari muallifi Kay Sejvik kriptovalyuta haqida eng ko‘p tarqalgan yolg‘on fikrlarga to‘xtaldi, deb yozadi InsiderPro.

Bitkoin terrorchilar bilan bog‘liq

Eng ahmoqona da’vodan boshlasak. Terrorizmni aslida kim moliyalashtirishidan xabardormisiz? Terrorchilarning o‘zi va ularga xayrixoh kishilar. AQSh dollarini ham xuddi shunday ayblash mumkin — terrorchilik faoliyati, harbiy mojarolar, portlatishlar, samolyotlarni olib qochish va isyonlarni moliyalashtirishda u boshqa har qanday valyutadan ko‘proq qo‘llanadi.

2016-yilda Yevropol terrorchilar o‘z faoliyatida kriptovalyutalardan foydalanishi dalillarini topmadi. Biroq bu hech qachon yuz bermagan va yuz bermaydi deb bo‘lmaydi.

Odatda raqamli valyutalarni yo‘q qilishdan manfaatdor hukumatlar vakillari ularni terrorizm bilan bog‘laydi.

Sanksiyalar va noqonuniy moliyalashtirish markazi tahliliy direktori Yaya Fanusi shunday deydi: “Terrorchilar virtual valyutalardan foydalanadi, biroq bu juda kam yuz beradi. Hozirgi paytda ularni xarid qilish va sarflash, deylik, kartalar va naqd pullarga qaraganda ancha murakkab. Aksariyat terrorchilar xaridlarga klassik valyuta bilan to‘lovlar amalga oshiriladigan dunyoda harakat qiladi. Virtual pullar ularning hayotini faqat qiyinlashtiradi”.

Bitkoin — bu pufak

Yo‘q, bitkoin pufak emas. U hech qachon nolga tushib qolmaydi. Bu xavf allaqachon ortda qolgan. Kelajakda bizni korreksiya kutayotganligi tabiiy — tarixda hech bir aktiv to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘smagan, biroq bitkoin yorilib ketmaydi. U tangasi 3 ming dollar ekanligida ham,  17 ming bo‘lganda ham pufak bo‘lmagan.

Bitkoin barqaror emas

Bitkoin o‘zgaruvchan ekanligi va uni “qo‘lga o‘rgatish” zarurligi haqidagi tasavvur noto‘g‘ri. Kriptovalyutalar bo‘yicha mashhur ekspert Kris Berniske bitkoin o‘zgaruvchanligi Twitter aksiyalariniki qaraganda pastroq ekanligini ko‘rsatdi. Albatta, ba’zi kunlarda uning birjadagi aylanmasi yuqoriga ko‘tarilib yoki pastga tushib ketadi, biroq umuman olganda kriptovalyuta ancha barqaror.

Bitkoin — navbatdagi lola vasvasasi

Gollandiyada XVII asrda avj olgan lola vasvasasi uning ma’lum bir turi bir dona piyozi narxi 4600 floringa tenglashganda yuqori nuqtasiga yetgan edi. O‘sha lahzadan boshlab narxlar faqat pasaygan.

Lolalar ichki qiymatga ega emas va boshqa shu kabi buyumlar dengiz chig‘anog‘i va chiroyli toshchalarga o‘xshaydi. Bitkoinni bo‘lish va boshqa joyga ko‘chirish oson, ularni yo‘q qilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bitkoinlar lolalarga qaraganda ancha kam.

Bitkoinni ekstremistlar xush ko‘radi

Bu g‘oya qanchalik kulgili ekanligini uzoq tushuntirib o‘tirmaymiz. Kriptovalyuta radikal kayfiyatdagi kishilarning kichik guruhi harakatlari uchun javob bermaydi. Ba’zan shunga o‘xshash narsa bilan taqqoslash kifoya. Avtomobillar haqida eshitganmisiz? Ulardan bank o‘g‘rilari foydalanadi deyishadi. Keling, ularni taqiqlaymiz!

Bitkoin asosan noqonuniy maqsadlarda qo‘llanadi

Bu fikr 2013-yilda adolatli bo‘lishi mumkin edi, biroq hozir tarmoqdagi aksariyat tranzaksiyalar qonuniy. Kris Berniske tadqiqot mualliflari xulosasiga tayanadi. Ularga ko‘ra, kriptovalyuta kazino va qora bozordagi “yo‘ldan ozish” bosqichidan o‘tgan va hozirgi paytda qonuniy biznes tomonidan faol qo‘llanilmoqda. Biroq bu OAVning bitkoinga hujumlarini to‘xtatmayapti.

Bitkoin — moliyaviy piramida

Moliyaviy piramidaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchi investorlar keyingilari hisobidan daromad qiladi, bu piramida qulaguniga qadar davom etadi. Bitkoin esa mutlaqo shaffof, uning tarqalishi va o‘sishini hech kim nazorat qila olmaydi. Kriptovalyuta qiymati faqat talab va taklifga qarab belgilanadi. Bitkoin — moliyaviy piramida emas.

Bitkoinni sindirish mumkin

Kriptovalyuta birjalari va bulutli hamyonlarni internetga ulangan istalgan qurilma yoki dastur kabi buzish mumkin. Biroq blokcheyn asosini tashkil etuvchi asos kodni buzish imkonsiz. Bitkoin protokoli boshqa istalgan dasturga qaraganda ko‘proq sinovlarga duch kelgan. O‘z tangalaringiz uchun qayg‘urayotgan bo‘lsangiz, ularni internetdan uzilgan hamyonga joylashtiring.

Bitkoin — g‘ayrioddiy narsa

Dastlab internet va mobil telefonlar ham xuddi shunday atalgan.

Bitkoin ulkan miqdorda elektr sarflaydi

Bu mif bir necha marta fosh qilingan. To‘g‘ri, mayning ma’lum miqdordagi elektr energiyasini sarflaydi — biroq har bir sarflangan vatt shunga arziydi. Keling, texnik tafsilotlarga berilmasdan, faktlarga to‘xtalamiz: mayning uchun AQSh yangi yil marjonidan kamroq elektr energiyasi sarflanadi.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют