» » APL. “Liverpul” navbatdagi yirik g‘alabasi bilan to‘rtlikka kirdi. Lukaku “Yunayted”ga yana g‘alaba keltirdi

APL. “Liverpul” navbatdagi yirik g‘alabasi bilan to‘rtlikka kirdi. Lukaku “Yunayted”ga yana g‘alaba keltirdi


Angliya Premyer-Ligasining 18-tur bellashuvlari bugun — 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Everton” — “Suonsi” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.

Kecha chempionlik uchun da’vogar ikki klub o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi. Joze Mourinyo boshqaruvidagi “Yunayted” futbolchilari safarda “Vest Bromvich”ni taslim qila oldi. Lukaku hamda Lingard tomonidan urilgan gollarga mezbonlar bir marta javob qaytara oldi, xolos.

“Liverpul” futbolchilari esa “Bornmut” maydonida zafar quchdi. Bir tur avval “Vest Bromvich” darvozasiga 90 daqiqa davomida yo‘l topa olmagan Yurgen Klopp shogirdlari, bu safar 4 ta golni nishonladi va kuchli to‘rtlikdan “Arsenal”ni siqib chiqardi.

Angliya Premyer-Ligasi

18-tur bellashuvlari

17-dekabr, yakshanba

Gollar: Romelu Lukaku, 27 (0:1). Jessi Lingard, 35 (0:2). Garet Berri, 77 (1:2).

Gollar: Filippe Koutinyo, 20 (0:1). Deyan Lovren, 26 (0:2). Muhammad Saloh, 44 (0:3). Roberto Firmino, 66 (0:4).

18-dekabr, dushanba

“Everton” — “Suonsi” 01:00

Опубликовано: admin (18-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют