» » 2018-yilning eng xavfsiz avtomobillari e’lon qilindi

2018-yilning eng xavfsiz avtomobillari e’lon qilindi


Amerikaning Insurance Institute for Highway Safety (IIHS) instituti murakkab krash-testda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 15 ta avtomobil nomini e’lon qildi, deb yozadi Forbes.

Eng yuqori baholarga Subaru Impreza, Subaru Legacy, Subaru Outback va Toyota Camry sazovor bo‘ldi.

Ulardan ko‘ra pastroq ballarni Mercedes-Benz E-Class, KIA Forte, KIA Soul, Subaru WRX, BMW 5 series, Genesis G90, Hyundai anta Fe, Hyundai Santa Fe Sport, Mercedes-Benz GLC qo‘lga kiritdi.

2018-yilgi model qatorining xavfsiz avtolari ro‘yxatida so‘nggi o‘rinlarni Genesis G80 va Lincoln Continental egalladi. Ikkala modelda ham bolalar kreslolarini o‘rnatish tizimida jiddiy kamchilik aniqlandi.

IIHS kuzovning konstruksiyaviy mustahkamligiga e’tibor qaratilganini aytdi.

Amerika instituti reytingida quyidagi mezonlar hisobga olindi: kichik to‘siqli old zarba, o‘rtacha to‘siqli old zarba, yondan zarba, tomning mustahkamligi, o‘rindiqlar va bosh tiragichlarning xavfsizligi, shuningdek, to‘qnashuvlar oldini olish tizimlari, chiroqlar va bolalar kreslosini o‘rnatish qulayligi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют