» » Soch to‘kilishiga qarshi piyozli niqob

Soch to‘kilishiga qarshi piyozli niqob


Piyozdan nafaqat taomlar tayyorlashda, balki kosmetik maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Uning yordamida soch to‘kilishining oldini olish va uning ildizini mustahkamlash mumkin.

Piyoz tarkibida soch ildizini oziqlantiruvchi va uni o‘stiruvchi vitaminlar va minerallar mavjud. Aynan shuning uchun piyozli niqob ilgaridan soch to‘kilishiga qarshi samarali xalqona vosita hisoblanadi.

Buning uchun o‘rtacha kattalikdagi to‘rtta piyoz donasini tozalang va mayda qilib to‘g‘rang. Keyin qo‘lingiz bilan yoki sharbatsiqqich asbob yordamida piyozning sharbatini siqib oling.

Agar sizga hidi yoqmayotgan bo‘lsa, biroz limon sharbati, atirgul suvi yoki yalpiz, lavanda yoki rozmarin efir yog‘idan qo‘shing.

Hosil bo‘lgan aralashmani sochlaringizni yuvishdan oldin boshingiz terisiga suring.

Yarim soat qoldiring, keyin sovuq suvda yaxshilab yuvib tashlang. Niqobni har kuni qilishingiz mumkin. Sezilarli natijaga erishish uchun uni bir necha hafta davomida har kuni ikki martadan qiling.

Allergiyadan aziyat chekuvchilar bunday niqobdan foydalanishi mumkin emas. Lekin hatto sog‘lom odamlarda ham qizarish va qichishishlar kuzatilishi mumkin, shuning uchun piyoz sharbatini ehtiyotkorlik bilan surish zarur.

Piyoz sizda allergiya keltirib chiqarmasligiga ishonch hosil qilish uchun, ozroq piyoz sharbatini bir necha daqiqa tirsakning bukiladigan joyiga yoki quloqning orqa qismiga surib ko‘ring. Agar teri qizarmasa va qichishmasa, sharbatni soch ildizlariga surish mumkin.

Sharbatni ko‘zga tushirmaslikka harakat qiling, chunki u ko‘zning achishishiga va qizarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mabodo bunday holat yuz bersa, ko‘zingizni sovuq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

Manba: Rambler Woman

Опубликовано: admin (19-12-2017, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют