» » Falastin elchisi: Quddus bo‘yicha rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi

Falastin elchisi: Quddus bo‘yicha rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi


Arab mamlakatlari AQSh vetosi tufayli Xavfsizlik kengashi tomonidan rad etilgan Quddus bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilish uchun BMT Bosh Assambleyasining shoshilinch maxsus sessiyasini o‘tkazishni so‘radi, deb yozadi “TASS”.

Bu haqda Falastin davlatining BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur jurnalistlarga ma’lum qildi. U AQSh tomonidan Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishiga javob bo‘lgan ushbu hujjat keng qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirdi.

“Bu Bosh Assambleya vetodan xavfsiramasdan, xalqaro hamjamiyat Amerikaning bir tomonlama pozitsiyasini, shuningdek, xalqaro huquq hamda Xavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya rezolyutsiyalari buzilishini qabul qilmasligini ko‘rsatib berishini bildiradi”, — dedi Mansur.

Bosh Assambleya 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychak shoshilinch sessiya chaqirish so‘rovini qondirishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh Assambleya uchrashuvini o‘tkazish sanasi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют