» » BMT AQSh global migratsiya kelishuvida ishtirok etmasligidan afsusdaligini bildirdi

BMT AQSh global migratsiya kelishuvida ishtirok etmasligidan afsusdaligini bildirdi


BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychak AQSh global migratsiya kelishuvida ishtirok etmasligidan afsusdaligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Muqaddam AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi AQSh ushbu kelishuvni tayyorlash jarayonida va kelishuvning o‘zida ishtirok etishdan bosh tortishini bildirgan edi. Shu munosabat bilan Bosh Assambleya raisining matbuot kotibi Brenden Varma bayonot berdi.

“AQShning bu jarayondagi ishtiroki hal qiluvchi ahamiyatga ega edi, negaki u tarixan muhojirlarni bag‘rikenglik bilan kutib olar edi. Shu tariqa, AQShda bu jarayon ijobiy natija keltirishini ta’minlaydigan tajriba bor edi”, — dedi u.

Shuningdek, Varma Miroslav Laychak Vashingtonning bu qaroridan afsusdaligini bildirdi.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют