» » Erdo‘g‘on AQShning Turkiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatish haqidagi qaroridan afsus bildirdi

Erdo‘g‘on AQShning Turkiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatish haqidagi qaroridan afsus bildirdi


Anqara Vashingtonning mamlakat hududida vizalar berishni to‘xtatish haqidagi qaroridan afsus bildiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan Kiyevdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“AQShning Anqaradagi elchisi qabul qilgan qaror bizni qattiq ranjitdi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi barcha zarur choralarni ko‘rdi va amerikalik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Turkiya — huquqiy davlat, qabila emas. Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi mutanosib javob qaytarishi haqida ko‘rsatma berdim”, — dedi Erdo‘g‘on.

AQSh Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin Topuz hibsga olinganidan so‘ng 8-oktabrdan boshlab Turkiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalarida vizalar berishni to‘xtatdi. O‘sha kuni kechki payt Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi ham shunday qaror qabul qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют