» » Anqara amerikaliklarga Turkiyaga kirish vizasini berishni to‘xtatdi

Anqara amerikaliklarga Turkiyaga kirish vizasini berishni to‘xtatdi


AQSh va Turkiya o‘rtasida vizaga oid kelishmovchiliklar avj oldi, deb xabar beradi “RBK”.

Anqara Turkiya elchixonalari AQSh davlat departamentining muqobil qaroriga javoban amerikaliklarga viza berishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

Mazkur qaror AQShning Turkiyadagi elchixonasi mamlakat fuqarolariga viza berishni to‘xtatganini e’lon qilganidan bir necha soat o‘tgach qabul qilindi.

Turkiyaning AQShdagi elchixonasi saytidagi xabarda turk diplomatlari “AQSh fuqarolariga viza xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatgani” bayon etilgan.

Turkiya tomonining bayonotida AQShning mamlakatdagi elchixonasi bayonotidagi jumlalar takrorlanadi.

Ikkala bayonot ham “so‘nggi hodisalar hukumatning majburiyatlari haqidagi masalani qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi”, deb boshlanadi.

Viza borasidagi sanksiyalar Turkiya hukumati Amerika konsulligi xodimi Metin Topuzni hibsga olganidan so‘ng boshlandi. U konstitutsiyani buzish va josuslikda ayblandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Topuz 2016-yilning iyulida davlat to‘ntarishiga muvaffaqiyatsiz uringan terrorchilik tashkiloti rahnamosi Fathulloh Gyulenga aloqador bo‘lgan.

Shundan so‘ng AQShning Anqaradagi elchixonasi Turkiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют