» » AQSh global migratsiya kelishuvida ishtirok etmaydi

AQSh global migratsiya kelishuvida ishtirok etmaydi


AQSh 2018-yili imzolanishi kutilayotgan global migratsiya kelishuvi ishtirokchisiga aylanish niyatida emas, negaki bu uning manfaatlariga zid keladi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi bayonot tarqatdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Bugun AQShning BMT qoshidagi vakolatxonasi tashkilot bosh kotibini Qo‘shma Shtatlar global migratsiya kelishuvini tayyorlash jarayonidagi ishtirokini to‘xtatishidan boxabar etdi”, — deyiladi bayonotda.

Diplomatik vakolatxona AQSh hujjatni tayyorlash jarayonida qatnashishga 2016-yili, Barak Obama prezidentligida rozi bo‘lganini eslatib o‘tdi. O‘sha payti AQSh 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan Nyu-York deklaratsiyasiga qo‘shilgan edi. Unga ko‘ra, BMTga a’zo 193 mamlakat 2018-yili ikki global kelishuvni qabul qilishi lozim. Hujjatlardan biri muhojirlarga, ikkinchisi esa qochqinlarga aloqador.

Опубликовано: admin (3-12-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют