» » AQSh Kongo rasmiylaridan mamlakatda 2018-yili prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga erishishi bildirildi

AQSh Kongo rasmiylaridan mamlakatda 2018-yili prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga erishishi bildirildi


Qo‘shma Shtatlar Kongo demokratik respublikasi rasmiylaridan 2018-yilda prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga erishadi va bu jarayon yana kechiktirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Hokimiyatni ushlab qolishga urinishlar Kongo yetakchilari va hukumati yakkalanib qolishiga olib keladi, xolos. Biz mamlakat saylov komissiyasi e’lon qilgan jadvalga prezident Kabila va uning hukumati qat’iy amal qilishi kafolatlanishi ustida Kongo, BMT va sheriklarimiz bilan tig‘iz ishlaymiz. Odamlarga mamlakat kelajagi bo‘yicha tanlov imkoniyatini berish uchun hech qanday yangi kechiktirishlarga yo‘l qo‘ymaymiz”, — ta’kidladi Xeyli.

Jozef Kabilaning vakolatlari 2016-yil dekabrida yakuniga yetgandi, biroq rasmiylar mamlakat prezidentlik saylovlariga tayyor emasligini ro‘kach qilib, ularni bir yilga kechiktirdi. Keyinchalik saylov komissiyasi ovoz berishga tayyorgarlikni yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi. Joriy yil 11-oktabrida esa saylovlar 2019-yil aprelida o‘tkazilishini bildirdi.

Muxolifatning keskin noroziligidan so‘ng 5-noyabr, yakshanba kuni ovoz berishning uzil-kesil muddati sifatida 2018-yil dekabri e’lon qilindi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют