» » Odam tez orada o‘lishidan darak beruvchi belgi aniqlandi

Odam tez orada o‘lishidan darak beruvchi belgi aniqlandi


Amerikalik olimlar yotgan yoki o‘tirgan holatda oyoqlarda yoqimsiz hissiyotlar paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan bezovta oyoqlar sindromi ayollarda yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish bo‘yicha katta risk borligi bilan bog‘liq, degan xulosaga keldi, deb yozadi MedicalXpress.

Olimlar o‘rtacha yoshi 67 yosh bo‘lgan  57 417 nafar ayol ishtirokidagi Nurses’ Health Study tadqiqoti ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. 2002-yildan boshlab har ikki yilda ko‘ngillilarga so‘rovnoma jo‘natilgan bo‘lib, unda ular salomatligi haqida yozgan, shu jumladan ularda bezovta oyoqlar sindromi, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari kuzatilgan-kuzatilmaganiga aniqlik kiritgan. O‘n yil ichida 6448 ta o‘lim qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bezovta oyoqlar sindromi tashxisi qo‘yilgan ayollarda yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etish riski bunday sindrom bo‘lmagan ayollardagidan ko‘ra 43 foizga balandroq bo‘lgan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют