» » Xususiy bolalar bog‘chalariga elektr energiyasi va gaz xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti tomonidan to‘lab beriladi

Xususiy bolalar bog‘chalariga elektr energiyasi va gaz xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti tomonidan to‘lab beriladi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabr e’lon qilingan “Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan xususiy bolalar bog‘chalariga elektr energiyasi va gaz xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti tomonidan kompensatsiya sifatida to‘lab beriladi, deb xabar berdi Norma.

Hujjatga muvofiq ushbu qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda joylashgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli va u 2023-yilning 1-yanvarigacha amal qiladi.

Nodavlat ta’lim muassasalari investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” sotib olish qiymatiga o‘tkazilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarida, shuningdek, xususiy investorlarga tegishli bo‘lgan binolarda mulk huquqi asosida yaratilishi kerak.

Ta’kidlash joizki, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining elektr va gaz xarajatlarini qolgan 50 foizi ularning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ushbu imtiyoz Toshkent shahrida amal qilmaydi. Kompensatsiyani 12 oy davomida to‘lab boriladi. Elektr va tabiiy gazni standartlardan yuqori darajada iste’mol qilish, shuningdek, jarimalar va penyalar to‘lanadigan kompensatsiya qatoriga kirmaydi.

Batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют