» » “Toshkent — Ribachye” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Toshkent — Ribachye” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AK va “Qirg‘iz temir jolu” MK “Toshkent – Ribachye” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Qirg‘iz temir jolu” matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Qirg‘iz kompaniyasining ta’kidlashicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi ushbu yo‘nalish bo‘yicha reyslarni amalga oshiradi. Temir yo‘l orqali qatnov 2018-yilning yozidan boshlab haftada bir marotaba tashkillashtiriladi.

Ayni vaqtda poyezd jadvali hamda yo‘l haqini belgilash yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют