» » Moskvada Norvegiya fuqarosi ayg‘oqchilikda gumon qilinib hibsga olindi

Moskvada Norvegiya fuqarosi ayg‘oqchilikda gumon qilinib hibsga olindi


Moskva sudi ayg‘oqchilikda gumonlanayotgan Norvegiya fuqarosini ikki oyga hibsda saqlash haqida qaror chiqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Aytilishicha, norvegiyalik Frude Berg keyingi yil 5-fevraliga qadar hibsga tutib turiladi.

Sud matbuot kotibiga ko‘ra, Bergning himoyasi qarorga qarshi apellyatsiya bergan, ammo shikoyat qachon ko‘rib chiqilishi hozircha aniq emas.

Ma’lum bo‘lishicha, Frude Berg mamlakat Federal xavfsizlik xizmati (FSB) tomonidan maxfiy axboroot saqlanuvchi hujjatlarni olish chog‘ida ushlangan. Aniqlashtirilishicha, Rossiya harbiy-dengiz flotiga oid hujjatlarni unga Rossiya fuqarosi Aleksey Jitnyuk tomonidan berilgan.

Uning sherigi deb topilgan Aleksey Jitnyuk ham davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют