» » “Real” chempion bo‘lgan mavsumda eng yaxshilar “Barselona”dan chiqdi — Messi va Inyesta

“Real” chempion bo‘lgan mavsumda eng yaxshilar “Barselona”dan chiqdi — Messi va Inyesta


18-dekabr kuni Ispaniyaning Marca nashri La Liganing eng yaxshilarini chorladi va ularga o‘zining an’anaviy sovrinlarini topshirdi. Yangi yil arafasida mamlakatning eng mashhur nashri o‘z o‘quvchilari yordamida so‘rovnoma o‘tkazadi. Keyin esa unda saralab olingan futbolchilarni ekspertlarga taqdim etib, yilning eng yaxshilarini aniqlaydi.

Unga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi eng yaxshi futbolchi uchun taqdim etiladigan Alfredo Di Stefano sovrini bilan taqdirlandi. Marca talqiniga ko‘ra, Messi beshinchi bor mana shunday sovrinni o‘ziniki qilib oldi va rekord o‘rnatdi. Krishtianu Ronalduda bunday sovrinlar soni 4 tani tashkil qiladi.

Kataloniyalik Andres Inyesta esa La Liganing so‘nggi mavsumdagi eng yaxshi ispaniyalik futbolchisi bo‘ldi. Ovoz berishda yarim himoyachi o‘z ta’qibchilaridan ilgarilab ketdi.

Lionel Messi eng yaxshi to‘purar sovrinini ham begona qilmadi. U 2016/17-yilgi mavsumda hammadan ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘lgandi — 37 ta. Uning eng yaqin ta’qibchisi Luis Suares 28 ta gol bilan cheklangan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda 25 ta gol urishning uddasidan chiqqandi.

Messi bu sovrinni to‘rtinchi bor qo‘lga kiritdi. Bu borada rekordchi Telmo Sarra bo‘lib, u olti marta eng yaxshi to‘purar bo‘lishga erishgan. Ugo Sanches, Alfredo Di Stefano va Kini kabi futbolchilar besh martadan to‘purar bo‘la olgan.

Yago Aspas eng yaxshi ispaniyalik to‘purar nomiga loyiq ko‘rildi. Yuqorida sanab o‘tilgan uch futbolchi Argentina, Urugvay va Portugaliyadan edi. 19 ta gol urgan “Selta” hujumchisi Yago Aspas esa birinchi raqamli ispaniyalik golurar bo‘lgandi.

Zamora nomi bilan yuritiladigan hamda eng yaxshi darvozabonga beriladigan sovrin Yan Oblakka nasib qildi. “Atletiko” o‘tgan mavsum 27 ta gol o‘tkazgan bo‘lib, bu borada uning natijasi “Real” va “Barselona”nikidan yaxshiroq edi.

Marca eng yaxshi murabbiylar uchun sovrinlarni “Eybar” ustozi Mendilibar hamda “Leganes” murabbiyi Garitanoga berdi. Guruseta nomi bilan ataladigan eng yaxshi hakam nominatsiyasida esa Martines Munuera zafar quchdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют