» » “Nasaf” uchun imkoniyat: OChL yo‘lidagi raqib “Al-Faysaliy”ning 4 futbolchisi 1 yilga diskvalifikatsiya qilindi

“Nasaf” uchun imkoniyat: OChL yo‘lidagi raqib “Al-Faysaliy”ning 4 futbolchisi 1 yilga diskvalifikatsiya qilindi


Kelasi yilning 30-yanvar kuni “Nasaf”ga raqib bo‘ladigan Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubi muammolar girdobida qoldi, deb yozdi “Voha.uz”. Ayni paytda nashr Qarshi klubining bo‘lajak raqibini kuzatish ishlari bilan band.

Yaqindagina “Al-Faysaliy” xorvatiyalik bosh murabbiy Dragan Talajichni iste’foga chiqargandi. Mamlakat kubogining yarim finalida uning jamoasi “Al-Jazira”ga imkoniyatni boy berdi va xorvatiyalik mutaxassis ishdan ketdi. Javob o‘yinida ham “Al-Faysaliy” vaziyatni o‘nglay olmadi va finaldan chetda qoldi.

Endi esa FIFA klubning to‘rt a’zosini futboldan 1 yilga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bu boradagi maktubni Xalqaro futbol uyushmasi klubga jo‘natib ulgurgan. Unda bayon qilinishicha, Movtaz Yosin, Baxa Abdulrahmon Ibrohim, Ibrohim Dledum Zavahra hamda liviyalik legioner Akram Zvoiy 2018-yilning 14-avgustiga qadar maydonga tusha olmaydi. Mazkur qaror 2017-yilning 14-avgustidan kuchga kirgan, deb hisoblanadi.

“Nasaf” Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubi bilan Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l olish uchun bellashadi. Bitta uchrashuvdan iborat pley-off bosqichiga Qarshi shahri mezbonlik qiladi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют