» » O‘zbekiston Keyptaun Konvensiyasi va Aviatsiya uskunalari bo‘yicha protokolga qo‘shiladi

O‘zbekiston Keyptaun Konvensiyasi va Aviatsiya uskunalari bo‘yicha protokolga qo‘shiladi


2017-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaning Aviatsiya uskunalari bo‘yicha protokoliga (Keyptaun, 2001-yil 16-noyabr) qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ushbu xalqaro-huquqiy hujjatlar Keyptaun shahrida 2001-yil 16-noyabrda qabul qilingan va 2006-yil 1-martda kuchga kirgan. Bugungi kunda 73 ta davlat mazkur xalqaro hujjatlarning ishtirokchilari hisoblanadi.

Keyptaun Konvensiyasi va Aviatsiya uskunalari bo‘yicha protokol bilan aviatsiya obyektlari – samolyotlar, dvigatellar va hokazolarga ushbu hujjatlarning barcha ishtirokchi davlatlari tomonidan e’tirof etiladigan xalqaro kafolatlar vujudga kelishi tartibi va oqibati belgilab beriladi.

Senatorlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasining havo kemalari saroyini modernizatsiyalashda qimmatbaho aviatsiya texnikasini xarid qilish uchun sarflanadigan davlat xarajatlarini tejash imkonini beradi, bu esa pirovardida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirishga ko‘maklashadi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют