» » Qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun senat tomonidan ma’qullandi

Qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun senat tomonidan ma’qullandi


2017-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi farmoniga muvofiq tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, mustaqillik davrida mamlakat qiyofasi tubdan o‘zgardi. Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar nafaqat shahar va qishloqlar qiyofasini o‘zgartirdi, balki hayotga alohida mazmun-mohiyat bag‘ishlab, inson manfaatlariga xizmat qila boshladi. Xususan, aholini arzon va qulay turar joylar bilan ta’minlash maqsadli dasturlari doirasida namunali ko‘p qavatli uylar, madaniyat va san’at markazlari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy obyektlar qurilmoqda, shuningdek, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etilyapti.

Senatorlar ta’kidlaganidek, avgust oyining ikkinchi yakshanbasini O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni deb belgilovchi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi soha xodimlariga o‘z kasb bayramini davlat miqyosida nishonlash imkonini beradi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют