» » Gitlerning dabdabali “Mersedes”i sotiladi

Gitlerning dabdabali “Mersedes”i sotiladi


2018-yil yanvar oyi o‘rtalarida AQShning Skotsdeyl shahrida raritet avtomobil — Mercedes-Benz 770K Grosser Offener Tourenwagen kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. “Motor”ning yozishicha, 1939-yil oktabridan 1941-yil mayiga qadar undan Adolf Gitler o‘zining parad avtomobili sifatida foydalangan.

Avtomobilning ushbu nusxasi Gitler uchun maxsus, aynan uning va haydovchisi Erix Kempkaning talab va istaklariga ko‘ra tayyorlangan. Xususan, avtomobilga qalinligi 30 millimetr bo‘lgan o‘q o‘tmas old oyna o‘rnatilgan, salonning orqa tomonida esa ko‘tarib va tushirib qo‘yish mumkin bo‘lgan maxsus himoya seksiyasi bor.

Offener Tourenwagen atigi 203 dona nusxada ishlab chiqarilgan. Hozirda faqat beshta shunday avtomobil saqlab qolingan bo‘lib, ularning uchtasi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi. O‘z vaqtida bunday avtomobillar Yaponiya imperatori Xiroxito, Norvegiya qiroli, shuningdek, diktatorlar Antoniu di Salazar va Fransisko Franko ixtiyorida bo‘lgan.

Avtomobil hajmi 7,7 litr bo‘lgan, sakkiz silindri bir qator joylashgan, quvvati 230 ot kuchiga teng dvigatel bilan ta’minlangan. Uzatmalar qutisi — besh bosqichli mexanika.

Gitlerning “Mersedes”ini 1945-yilda Amerika harbiylari qo‘lga kiritib, AQShga yuborgan. Mashinaning egasi bir necha bor o‘zgargan, kimoshdi savdolariga qo‘yilgan. Xususan, u Las-Vegasdagi Imperial Palace kazinosi kolleksiyasida bo‘lgan va hatto Chikago muzeyida namoyishga qo‘yilgan.

Mashina sotuvidan taxminan qancha pul ishlash rejalashtirilayotgani ma’lum qilinmagan. Biroq, tushgan pulning kamida 10 foizi Xolokost mavzusi bilan shug‘ullanuvchi jamoat va ta’lim tashkilotlari hisobiga o‘tkazib beriladi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 42) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют