» » BMW’ning ulkan yo‘ltanlamasi: konveyerdan ilk suratlar

BMW’ning ulkan yo‘ltanlamasi: konveyerdan ilk suratlar


BMW kompaniyasi yaqin vaqt ichida konveyerdan chiqishi kutilayotgan eng katta yo‘ltanlamasining ilk suratlarini e’lon qildi. Suratlarda AQShning Spartanberg shahridagi zavodda X7 modelining ommaviy nusxadan avvalgi versiyasini yig‘ish jarayoni aks etgan.

Seriyalab ishlab chiqarish oldidan tayyorlangan ushbu avtomobillar modelni omologatsiya qilish (takomillashtirish), murakkab iqlim sharoitlarida sinovdan o‘tkazish hamda modernizatsiya qilingan konveyer liniyasini tekshirish uchun foydalaniladi. Ushbu tekshiruvlar to‘liq yakuniga yetganidan so‘nggina kompaniya sotuv uchun mahsulot ishlab chiqarishga ruxsat beradi — AQSh avtobozorida yangi BMW X7 lar kelasi yil oxirida paydo bo‘lishi kerak, deb yozadi “Motor”.

Suratlarda yo‘ltanlamas to‘liq aks etmagan, shunga qaramay, u tashqi ko‘rinishidan 2017-yil sentabrida Frankfurt avtosalonida ilk bor namoyish etilgan X7 iPerformance konsepti bilan deyarli bir xil ekanini ko‘rish mumkin.

Prototip — olti o‘rinli va gibrid dvigatel o‘rnatilgan besh metrli yo‘ltanlamas edi. Unga lazer chiroqlar, diagonali 12,3 dyuymli elektron uskunalar paneli, orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun alohida multimedia majmuasi hamda 23 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

BMW X7 ga, modifikatsiyasiga qarab, kompaniyaning boshqa modellari orqali yaxshi tanish bo‘lgan olti va sakkiz silindrli motorlar o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. Gibrid dvigatel “yettinchi seriya”dan olinadi — bu seriya mashinalaridagi motorlar 326 ot kuchiga ega. Mish-mishlarga ko‘ra, bu yo‘ltanlamasning V12 dvigatelli modifikatsiyasi ham chiqarilishi mumkin.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют