» » O‘zbekiston TIV: Afg‘onistondagi loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston fuqarolari xavfsizligi — birinchi galdagi vazifa

O‘zbekiston TIV: Afg‘onistondagi loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston fuqarolari xavfsizligi — birinchi galdagi vazifa


Afg‘onistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston mutaxassislari va fuqarolari xavfsizligi birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13-plenar yig‘ilishida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining Toshkentga tashrifi davomida qator yirik loyihalar, jumladan, Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif — Shibirg‘on — Maymana — Hirot temir yo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi.

Senatorlar yig‘ilishda Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida IShID terrorchilari mavqei mustahkamlanayotganini inobatga olgan holda imzolangan kelishuvlar qanday amalga oshirilishi bilan qiziqdi.

“Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralar boshlangandan beri va Ashraf G‘anining tashrifini tayyorlash vaqtida afg‘on do‘stlarimizga mazkur loyihalarni birgalikda amalga oshirishda mutaxassislarimiz va fuqarolarimiz xavfsizligi birinchi galdagi vazifa ekanligini ochiq bildirganmiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют