» » Ilhom Aliyev O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisini qabul qildi

Ilhom Aliyev O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisini qabul qildi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi Rustam Komilovni qabul qildi. Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Bokuda bo‘lib o‘tayotgan “2017 yil – islom hamjihatligi yili: dinlararo va madaniyatlararo muloqot” mavzusidagi xalqaro anjumandagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Ozarbayjon prezidentining matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Davlat maslahatchisi Rustam Komilov Ozarbayjon rahbariga Shavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazdi.

Rustam Komilov Ozarbayjon va O‘zbekiston xalqlari bag‘rikenglik nuqtai nazaridan ko‘plab o‘xshashliklarga ega ekanligini, O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlaridan biri islom an’analarini tiklash, islomiy merosni saqlab qolish va uni kelajak avlodlarga yetkazish ekanligini qayd etdi.

Ilhom Aliyev O‘zbekiston Prezidentining tabrik so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirdi va o‘z salomlarini Shavkat Mirziyoyevga yetkazishni so‘radi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют