» » Server Jeparov gol urgan o‘yindan keyin “Istiqlol” Hazfi Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi (video)

Server Jeparov gol urgan o‘yindan keyin “Istiqlol” Hazfi Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi (video)


O‘zbekistonlik Server Jeparov to‘p suradigan Eronning “Istiqlol” klubi Hazfi Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi.

Chorak finalda “Istiqlol” raqibini 3:0 hisobida taslim etdi. Gollardan biriga Server Jeparov mualliflik qildi. Bungacha Jeparov Eron chempionatining o‘zida 3 ta gol urib, jamoasining to‘purari bo‘lib turgandi.

Yarim finalda Tehron klubi “Sanat Naft”ga qarshi saf tortadi. Bellashuv 1-yanvar sanasiga tayin qilingan. “Sanat Naft” chorak finalda “Persepolis” klubini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

“Istiqlol” fors chempionatining 15-turidan keyin 7-o‘rinni egallab turibdi. Kubokdan chiqib ketgan “Persipolis” esa 16 ochko ko‘proq to‘plab, peshqadam bo‘lib turibdi.

Hafzi Kubogi

1/4 final

20-dekabr, chorshanba

Gollar: Majid Xusayniy, 50+ (1:0). Server Jeparov, 50 (2:0). Ali Gurbaniy, 92+ (3:0).

Опубликовано: admin (22-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют