» » Nikki Xeyli: BMT qaroriga qaramay, AQSh Quddusda elchixona ochadi

Nikki Xeyli: BMT qaroriga qaramay, AQSh Quddusda elchixona ochadi


BMTning har qanday qaroriga qaramay, AQSh Quddusda elchixona ochadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning xalqaro tashkilotdagi vakili Nikki Xeyli Bosh Assambleyadagi mazkur masala bo‘yicha ovoz berishdan oldin ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Amerika Quddusda elchixonasini joylashtiradi. Bu Amerika xalqining istagi va u to‘g‘ri. BMTdagi ovoz berish bunga umuman ta’sir qilmaydi”, — dedi Xeyli.

Shu bilan birga, Xeyli Bosh Assambleyadagi ovoz berish izsiz ketmasligini bildirdi.

“Mazkur ovoz berish amerikaliklar BMTni qanday ko‘rishi va xalqaro tashkilotda bizni hurmat qilmayotgan davlatlarga qanday yondoshishimizga ta’sir ko‘rsatadi. Biz bu ovoz berishni eslab qolamiz”, — dedi diplomat.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh assambleyasi 21-dekabr, payshanba kuni ko‘pchilik ovoz bilan Quddusning Isroil poytaxti sifatida tan olinishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют