» » AQShda ilk bor koinotga xavfsizlik moslamasisiz chiqqan astronavt Bryus Makkendless 80 yoshida olamdan o‘tdi

AQShda ilk bor koinotga xavfsizlik moslamasisiz chiqqan astronavt Bryus Makkendless 80 yoshida olamdan o‘tdi


Insoniyat tarixida ilk bor ochiq koinotga xavfsizlik moslamasisiz chiqishni amalga oshirgan astronavt Bryus Makkendless AQShda 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Bryus Makkendless AQSh harbiy-dengiz kuchlarida uchuvchi sifatida xizmat qilgan va keyinchalik NASA astronavtlari qatoriga qo‘shilgan, “Xabbl” koinot teleskopi o‘rnatilishida ishtirok etgandi.

1984-yilda amalga oshirilgan koinotga ilk parvozi davomida Makkendless NASA tomonidan maxsus ishlab chiqilgan va astronavtlarga koinotda harakatlanish imkonini beradigan MMU qurilmasi yordamida ochiq koinotga chiqqandi.

Makkendlessning kema bilan texnik aloqasiz erkin parvozi 6 soatga yaqin davom etgan va kemadan 90 metrga uzoqlashishga muvaffaq bo‘lgandi. Keyinchalik NASA qurilmani o‘ta xavfli hisoblab, undan foydalanishni man etdi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют