» » “Ahvol chatoq edi”. Shavkat Mirziyoyev muammolarga nega bosh vazirlik vaqtida barham bera olmaganini tushuntirdi (video)

“Ahvol chatoq edi”. Shavkat Mirziyoyev muammolarga nega bosh vazirlik vaqtida barham bera olmaganini tushuntirdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘lladi. Prezident murojaati “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Prezident o‘z murojaati davomida avvalgi yillarda to‘planib qolgan muammo va kamchiliklar haqida to‘xtalar ekan, bu masalalar haqida bosh vazir bo‘lib ishlagan vaqtida ham boxabar bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Men Vazirlar Mahkamasida 13 yil mebellarga qorovullik qilib o‘tirganim yo‘q. Hamma narsani bilaman. Shuning uchun eski komandadan birorta odam qolgani yo‘q. Hammasi yangi odamlar. Bugungi gaplar, Murojaatnoma ko‘rgazma uchun emas.

Har safar 20-fevralda majlis bo‘lardi, hammamiz ikki oy kutardik. Nimani kutardik? Sakkiz foizlik “badiiy asar”ni kutardik. Bunaqangi sakkiz foizni “badiiy asar” deydilar. Yalpi ishlab chiqarish sur’ati sakkiz foiz bo‘lgan mamlakatda sil va boshqa kasalliklar bo‘lmaydi. Mana shuni hamma tushunishi kerak.

Bugun aytilgan hamma gaplar — mening ichimdan chiqqan, meni qiynagan masalalar, katta armon, xalqimizning oldida qarzdorligim. Qarzdorligim!

Bir xillar aytishi mumkin — sen bosh vazir bo‘lib o‘tirib, shularni bilmagansan, deb. Bilganman, lekin atrof juda chatoq edi. Buni bilgan odam biladi. Shuning uchun men ochiqchasiga gaplashyapman. Bu birovga yoqadimi-yoqmaydimi, menga endi baribir. Xalqimiz endi bizni kechirmaydi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (23-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют