» » Floridada yengil motorli samolyot halokati oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi

Floridada yengil motorli samolyot halokati oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi


Amerikaning Florida shtatida bortida besh kishi bo‘lgan yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Samolyotning barcha yo‘lovchilari va uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda WFLA telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.

AQSh fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi hozircha to‘rt kishining o‘limini tasdiqladi. Ikki motorli Cessna 340 havoga ko‘tarilishga urinayotib uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiriga yetib halokatga uchradi. Bu paytda aeroportda kuchli tuman bo‘lib, ko‘rish uzoqligi 100 metr bilan cheklangan.

Samolyot uchuvchisi 70 yoshli havaskor uchuvchi bo‘lib, u ikki qizi va yana ikki tanishi bilan Ki-Uest shahri kurortiga yo‘l olganligi ma’lum qilindi. Ular Ki-Uestda Rojdestvoni nishonlashni rejalashtirgan.

Halokat joyi suratlari Twitter’ga joylangan.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют