» » Tunis rasmiylari Birlashgan Arab amirliklari bilan aviaqatnovni to‘xtatdi

Tunis rasmiylari Birlashgan Arab amirliklari bilan aviaqatnovni to‘xtatdi


Tunis rasmiylarining Birlashgan Arab amirliklari bilan aviaqatnovni to‘xtatish haqidagi qarori 25-dekabr, dushanba kunidan kuchga kirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Arab davlatlari o‘rtasidagi mojaro o‘tgan hafta oxiridan beri tinmayapti. Bunga 22-dekabr, juma kunidan boshlab sababini tushuntirmay Tunis fuqarosi bo‘lgan ayollarni Dubayga yo‘l olgan samolyotlar bortiga chiqarilmay qo‘yilgani turtki bo‘ldi. Hatto eri bilan safar qilayotgan ayollarga ham istisno qilinmagani aytilmoqda. 

Tunis prezidenti matbuot kotibi Sayda Garash amirlik maxsus xizmatlarida Tunis pasportiga ega ayollar sodir etishi mumkin bo‘lgan terakt haqida ma’lumot mavjudligini xabar qildi.

Shunday bo‘lsa-da, Tunis BAA bilan aviaqatnovni “mamlakat ushbu cheklovlarni xalqaro konvensiyalarga muvofiq ko‘rib chiqqanidan” keyingina tiklash niyatida. 

Опубликовано: admin (26-12-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют