» » Tunis prezidenti mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirdi

Tunis prezidenti mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirdi


Tunis prezidenti mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana 3 oyga uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Hukumat rahbari va vakillar palatasi raisi bilan maslahatlashuvlardan so‘ng respublika prezidenti favqulodda holat tartibini mamlakatning butun hududida yana 3 oyga uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Qaror 12-noyabrdan kuchga kiradi”, — deyiladi davlat rahbari devonxonasi bayonotida.

Qaror 12-oktabrda bir oyga uzaytirilgan favqulodda holat tartibi muddati yakunlanganidan so‘ng qabul qilindi.

Mazkur tartib Tunisda 2015-yildan beri amal qilib keladi. O‘sha yili Sus viloyatidagi Al-Kantaui kurortida 40 kishini hayotdan olib ketgan terakt sodir etilgandi.

Опубликовано: admin (11-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют