» » Toshkent bozorlariga 10 yil davomida sifatsiz go‘sht yetkazib berilgan

Toshkent bozorlariga 10 yil davomida sifatsiz go‘sht yetkazib berilgan


Uyushgan guruh tomonidan o‘n yil davomida Qashqadaryo viloyatidan Toshkent bozorlari va go‘sht-kolbasa ishlab chiqaruvchilariga sifatsiz go‘sht yetkazib berilgan. Guruh faoliyatiga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan nuqta qo‘yilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot” dasturiga tayanib xabar berdi.

Dastlabki tergov-surishtiruv natijalariga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruhga 1977-yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida istiqomat qilib kelayotgan H.B. boshchilik qilgan.

Uyushgan jinoiy guruh a’zolari mahalliy veterinar, qassob hamda dallollar orqali o‘lishi aniq bo‘lgan kasal chorvalar va harom o‘lib qolgan mollar to‘g‘risida ma’lumot to‘plagan. Har bir yetkazilgan xabar uchun 15 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha pul to‘langan.

Sifatsiz go‘sht mahsulotiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limi xodimlari B.E. va N.S. tomonidan 10?15 ming so‘m evaziga soxta ma’lumotnoma tayyorlab berilgan.

Toshkentga kirishda mahsulotlar jinoiy guruh moliyachisi Xayrulla Sapiyev tomonidan qabul qilib olingan. U go‘shtlarni Zangiota tumanida tashkil etilgan yashirin sexga olib kelib, ularga kimyoviy ishlov berishga bosh-qosh bo‘lgan. Kimyoviy tozalash va chiroy berilgan go‘sht bozorlar rastalariga sotish uchun yetkazilgan.

Jinoiy guruh a’zolarining dasturda tan olishicha, har kuni uch-to‘rt bosh qoramol go‘shti kelib turgan. Har oyda o‘rtacha 30 tonnagacha mahsulot sotilgan. Qayta ishlangan go‘sht bozorlarda kilogramiga 25?30 ming so‘mdan sotilgan.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh yetkazib bergan go‘shtlar Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod, Yashnobod, Shayxontohur tumanlarida faoliyat yuritadigan ayrim savdo markazlarida, jumladan, “Eski Jo‘va” dehqon bozori, “Asl sifatli ta’m” MChJ, “Tegen” do‘konlarida, YaTT “Mo‘minov Xusan Xursanjonovich”ga qarashli somsaxona, yakka tartibdagi tadbirkorlar “Fayziyev F.Z.”, “Kasimov G. G.” va boshqalarga tegishli qassobxonalarda sotuvga chiqarilgan. Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota va Olmaliq tumanida ham shunday vaziyat kuzatilgan.

Jinoiy guruh rahbari ishlab topgan harom pullar evaziga bir qancha avtomobil va ko‘chmas mulk obyektlarini xarid qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют