» » Iqlim o‘zgarishlari tufayli Yevroittifoqqa yo‘l olgan muhojirlar soni 2100-yilga kelib 1 mln kishiga yetishi mumkin

Iqlim o‘zgarishlari tufayli Yevroittifoqqa yo‘l olgan muhojirlar soni 2100-yilga kelib 1 mln kishiga yetishi mumkin


Vayronkor iqlim o‘zgarishlari har yili Yevroittifoqqa yo‘l olgan muhojirlar soni 2100-yilga kelib bir necha barobar oshishi va 1 million kishiga yetishiga olib kelishi mumkin. Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti olimlari shunday xulosaga keldi, deya xabar berdi “TASS”. 

Iqlim o‘zgarishlari qurg‘oqchilik, toshqin, dovul va dunyo okeani sathi oshishiga olib kelishi mumkin. Bu omillar sayyoraning turli mintaqalari, xususan, Sahroi Kabir janubidagi davlatlar va Osiyoning qator hududlarida qishloq xo‘jaligi yuritishni qiyinlashtiradi, ba’zan esa uni umuman imkonsiz holga keltiradi.

Tadqiqot mualliflari 2000—2014-yillarda Yevroittifoqdan boshpana so‘rab 103 mamlakatning o‘rtacha 350 ming fuqarosi talabnoma taqdim etganiga asoslandi. Ekspertlar talabnomalar sonini harorat va ob-havo kabi ekologik omillar bilan taqqoslab ko‘rdi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют