» » Farg‘onalik 2-sinf o‘quvchisi qorbobodan Yangi yil sovg‘asi sifatida akasining sog‘ayib ketishini so‘radi

Farg‘onalik 2-sinf o‘quvchisi qorbobodan Yangi yil sovg‘asi sifatida akasining sog‘ayib ketishini so‘radi


Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi 52-umumta’lim maktabida “Qorboboga maktub” loyihasi o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, 2-sinf o‘quvchisi Qunduzxon Mahkamovaning qorboboga yozgan maktubi barchani e’tiborini tortgan.

Qizcha o‘z maktubida Yangi yil sovg‘asi o‘rniga qorbobodan nogiron akasi va dugonasi tuzalib ketishini so‘ragan.

“Maktab yetakchisi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi bu xatni e’tiborsiz qoldirmadi. Bayram arafasida qorbobo bilan birgalikda Qunduzxonning uyiga tashrif buyurdi. Uning akasi Azizbekka nogironlar aravachasi, dugonasi Munisaxonga esa kitoblar jamlanmasi Yangi yil sovg‘alari sifatida topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют