» » Namangan va Farg‘onada sportchi qizlarga Prezident sovg‘alari — sport liboslari topshirildi

Namangan va Farg‘onada sportchi qizlarga Prezident sovg‘alari — sport liboslari topshirildi


Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida shahardagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 1 800 sportchi qizga Prezident sovg‘alari topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Xabar berishlaricha, viloyatdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 233 mingdan ortiq o‘quvchi qizning 40 mingga yaqini sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Navro‘z bayrami arafasida 12 mingga yaqin sportchi qizga mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan sport liboslaridan iborat Prezident sovg‘asi topshirildi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi o‘quvchi qizlariga Prezident sovg‘asi — sport liboslari topshirildi. “500 nafar sportchi qizga milliy an’analarimiz asosida tayyorlangan sport liboslari tantanali topshirildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Avvalroq Buxoro viloyatidagi sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘quvchi qizlarga Prezident sovg‘asi topshirilgani xabar qilingan edi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют