» » Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 87 ta obyektga 284 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi

Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 87 ta obyektga 284 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi


Sirdaryo viloyati Shirin shahri hududida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni issiq izida fosh etish maqsadida 10 ta 2 qavatli, 18 ta 4 qavatli, 2 ta 5 qavatli uylarga jami 68 ta video kuzatuv kameralar o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, shahardagi ta’lim muassasalariga jami 54 ta, 46 ta tashkilot, korxona, idora, maishiy xizmat ko‘rsatish joylariga jami 162 ta video kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Bugungi kunda Shirin shahri hududidagi 87 ta obyektga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari soni 284 tani tashkil etadi.

Xabarda qayd etilishicha, kuzatuv kameralar o‘rnatilganidan so‘ng sodir etilgan bir nechta jinoyatlar issiq izida fosh etilgan.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют