» » Quddusdagi vokzalga Tramp nomi beriladi

Quddusdagi vokzalga Tramp nomi beriladi


Isroil transport va yo‘l harakati xavfsizligi vaziri Israel Kats mamlakat temir yo‘llar qo‘mitasining Quddusda yangi temir yo‘l stansiyasi qurish haqidagi taklifini ma’qulladi. Yangi stansiyaga AQSh prezidenti Donald Tramp nomi beriladi, deb xabar qildi “Interfaks”.

Yangi vokzalga Tramp nomi berilishiga sabab — u Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgani. Temir yo‘l stansiyasi Yig‘i devori yaqinida joylashadi va Tel-Aviv ­— Quddus temir yo‘l liniyasining davomi bo‘ladi.

“Yig‘i devori — yahudiylar uchun eng muqaddas yer, va men unga olib boruvchi temir yo‘l stansiyasiga AQSh prezidenti Donald Tramp nomini berishga qaror qildim. Bu uning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi jasur va tarixiy qarori e’tirofidir”, — deb qarorini tushuntirdi transport vaziri.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют